Nikola Katić ()(1996-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zürich klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Ilk faoliyat yillari Katić futbolchilik faoliyatini 2001-yilda oʻzi tugʻilgan Stolac shahridagi HNK Stolac jamoasida boshlaganNikola Katić at the NK Slaven Belupo official page. Stolac jamoasiga oʻtgunga qadar Katić Xorvatiyaning Opuzen shahridagi NK Neretvanac havaskorlar jamoasida oʻynaganHajduk B probe i prinove at NogometPlus.net. Stolacda bir yil oʻynagach, Katić HNK Hajduk Split bilan muzokaralar oʻtkazgan lekib transfer amalga oshmaganHajduk B probe i prinove at NogometPlus.net. Bir yil oʻtgach, u yuqori divizondagi NK Slaven Belupo jamoasiga oʻtganNikola Katić potpisao za Slaven Belupo at NK Slaven Belupo official page. Dastlab asosan zahira jamoasida ishtirok etgan Katić 2016/17-yilgi mavsumda klubning birinchi tarkibiga qoʻshilgan.

Rangers 2018-yil iyun oyida Katić Slavenni tark etib, nomaʼlum transfer evaziga Shotlandiya Premer-ligasining „Rangers“ klubiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

2019-yilning 29-dekabrida Katić „ Rangers“ safidada „Celtic“ga qarshi oʻyinda (2:1) maydonga tushgan va jamoasining gʻalaba toʻpini kiritgan, bu „Rangers“ga Celtic ustidan 2010-yildan buyon ilk qozonilgan gʻalababoʻlgan.

FC Zürich 2022-yil 31-avgustda Katić Shveysariya Superligasi klubi „FC Zürich“ga nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan .

Xalqaro faoliyati Katić 2017-yilda Avstriya va Sloveniyaga qarshi oʻynagan Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamosida maydonga tushgan. Katić 2017-yilning may oyida Xorvatiya terma jamoasiga chaqirilgan va Meksikaga qarshi oʻyinda (2:1) Ivan Santini oʻrniga zahiradan maydonga tushib kattalar terma jamosida xalqaro maydonda debyut qilgan.

U Xorvatiya terma jamoasining UEFA U-21 Yevro-2019 uchun qaydnomasiga kiritilgan. Xorvatiya Ruminiya va Fransiyaga magʻlub boʻlgan hamda Angliya bilan durang oʻynagan holda guruhda oxirgi oʻrinni egallagan.

Faoliyat statistikasi

Klub + Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga kubogi Yevropa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Slaven Belupo 2015—16 Prva HNL 1 0 0 0 — — 1 0 2016—17 29 1 3 1 — — 32 2 2017—18 34 0 2 1 — — 36 1 Jami 64 1 5 2 — — 69 3 Reynjers 2018—19 Shotlandiya Premer-ligasi 18 1 1 0 2 1 9 1 30 3 2019—20 Shotlandiya Premer-ligasi 19 2 1 0 1 0 8 1 29 3 2020—21 Shotlandiya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 37 3 2 0 3 1 17 2 59 6 Reynjers B 2021—22 — — — 1 0 1 0 Hajduk Split (Ijara) 2021—22 Prva HNL 21 0 4 0 — — 25 0 Karyerada jami 122 4 11 2 3 1 18 2 154 9

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 2017-yil 1 0 Jami 1 0

Yutuqlari Hajduk Split

Xorvatiya kubogi : 2021—22

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar