Jemma Elizabeth Purfield () (1997-yil 21-fevralda tugʻilgan) angliyalik professional futbolchi hisoblanadi. Jemma Purfield Angliya ayollar superligasi vakili „Leicester City“ klubida oʻynaydi.
Dastlabki yillardagi oʻyin faoliyati Jemma Purfield oʻz faoliyatini „Donkcster Rovers Belles“ klubida boshlagan. Jemma Purfield „Donkcster Rovers Belles“ klubidagi debyut oʻyinini 2013-yilning 20-aprelida „Chelsea“ klubiga qarshi (4:0 hisobida magʻlubiyat) oʻyinda oʻtkazgan. Bu bilan Jemma Purfield „Doncaster“ klubining eng yosh WSL oʻyinchisiga aylangan. Jemma Purfield 2014-yilgi mavsumda yangi tashkil etilgan „Durham“ klubiga oʻtdi. Jemma Purfield yangi klub bilan oʻzining birinchi oʻyinida uchta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu natija jamoani guruh reytingida 6-oʻringa koʻtardi.
Kollejdagi oʻyin faoliyati 2015-yilda Jemma Purfield Arizona shtati „Sun Devils“ jamoasiga oʻtishdan oldin Janubiy Alabama kollej jamoasi „Jaguars“ bilan kolej futboli jamoalarida oʻzining futbolchilik faoliyatini boshladi. Jemma Purfield ikkala jamoada ham jamoa sardori boʻlib, bir qancha individual mukofotlarga sazovor boʻldi. Masalan, 2015-yilda Sun Belt konferensiyasining birinchi raqamli oyinchisi va 2016-yilda SBCda yilning eng yaxshi oʻyinchisi nomlariga sazovor boʻldi.
Professional futbolchilik faoliyati
Liverpool Jemma Purfield 2019-yilda Angliyaga qaytib keldi va yanvar oyida FA WSL vakili „Liverpool“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Bristol City "Liverpool" klubi quyi ligaga tushib ketdi. Jemma Purfield shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketdi. Shundan soʻng, Jemma Purfield „Bristol City“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Jemma Purfield „Bristol City“ klubi bilan jami 27 ta oʻyin oʻtkazdi. Jemma Purfield mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib ketganidan keyin klubdan ketdi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Doncaster Rovers Belles 2013-yil WSL 2 0 0 0 2 0 4 0 2014-yil WSL 2 1 0 0 0 0 0 1 0 Jami 3 0 0 0 2 0 5 0 Durham 2014-yil WSL 2 11 3 0 0 0 0 11 3 2015-yil 8 1 0 0 0 0 8 1 Jami 19 4 0 0 0 0 19 4 Liverpool 2018—2019 WSL 6 0 0 0 0 0 6 0 2019—2020 2 0 2 0 2 0 6 0 Jami 8 0 2 0 2 0 12 0 Bristol City 2020—2021 WSL 21 1 1 0 5 1 27 2 Jami 51 5 3 0 9 0 63 6
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar