Ilgiz Tantashev (1984-yil 5-aprelda Buxoroda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbol hakami, 2013-yildan FIFAning xalqaro hakamlari safiga kiritilganFІFA. „Uzbekistan: Suddі“ .. Ilgiz faoliyati davomida Jahon chempionati sarlash bosqichi, Osiyo kubogi, Osiyo chempionlar ligasi, Olimpiada oʻyinlari kabi xalqaro futbol musobaqalarida hakamlik qilgan.

Faoliyati Futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasidagi saralash bosqichida hakamlik qilgan. 2019-yilgi Osiyo Kubogi uchun bosh hakam sifatida tanlangan va 1 ta oʻyinda hakamlik qilgan. 2023-yilgi AFC Osiyo Kubogi musoboqasi hakamlar roʻyxatidan joy oldi va 3 ta oyinda bosh hakam sifatida va 2 ta oʻyinda zaxira hakami sifatida faoliyat olib bordi. Musobaqaning final uchrashuvida ham ishtirok etdi va zaxira hakami sifatida faoliyat olib bordi.

Tantashev Parijda oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining futbol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahslarida hakamlik qilgan. Olimpiadada Tantashevning soʻnggi oʻyini Marokash va Ispaniya oʻrtasidagi yarim final oʻyinida boʻlib oʻtdi. Oʻyinning 11-daqiqasida ispan jamoasi himoyachisi Marc Pubill bilan toʻqnashuvdagi jarohati tufayli oʻyinni tark etishga majbur boʻldi.

Rasmiy turnirlardan tashqari, Tantashev oʻrtoqlik oʻyinlarini ham boshqargan. 2021-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Tantashev FIFA tomonidan 2026-yilgi jahon chempionatida markaziy hakam sifatida, Timur Gaynullin va Andrey Sapenko esa yordamchi hakamlar sifatida tanlangan. 19-iyun kuni C guruhidagi — oʻyinini boshqargan. Bahsdagi ishonchli va qatʼiy qarorlari uchun ekspertlar tomonidan 10 balldan 7,5 ball bilan yuqori baholandi. 28-iyun kuni J guruhidagi — uchrashuvini muvaffaqiyatli yakunlagan. 4-iyul kuni 1/16 play-off bosqichidagi — uchrashuvi Tantashev uchun turnirdagi oxirgisi boʻldi. 25-iyul kuni Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Ilgiz Tantashevni 2026-yilgi jahon chempionatida faoliyat olib borgan eng yaxshi hakamlar roʻyxatiga kiritdi.

Manbalar

Havolalar Ilgiz Tantashev OʻzPFL saytida hakam profili Ilgiz Tantashev Soccerway saytida hakam profili Ilgiz Tantashev Transfermarkt saytida hakam profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol hakamlari Turkum:AFC Osiyo kubogi hakamlari Turkum:Olimpiada oʻyinlari futbol hakamlari Turkum:Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2024 futbol hakamlari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2023 hakamlari