David Haydn Raven () (1985-yil 10-martda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. David Raven oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Liverpool David Raven dastlab „Tranmere Rovers“ futbol klubining akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan. Shundan soʻng, 2004-yilda David Raven „Liverpool“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
David Raven 2004-yil dekabr oyida White Hart Laneda boʻlib oʻtgan „Tottenham Hotspur“ futbol klubiga qarshi Liga kubogi chorak finali oʻyinida oʻzining jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. David Raven 2004-yil avgust oyida „Wreham“ futbol klubiga qarshi mavsumoldi oʻyinida ham klub safida maydonga tushgan.
David Raven 2004-yilgi mavsum davomida markaziy yarim himoyachi sifatida bir qator oʻyinlarda maydonga tushdi. Ammo oʻsha yilning yozidan boshlab murabbiy Rafael Benitez David Ravenni oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida maydonga tushira boshladi. David Raven 2005—2006-yilgi mavsumning soʻnggi qismini „Tranmere Rovers“ futbol klubida ijara asosida oʻtkazdi.
Carlisle United Keyin David Raven „Liverpool“ futbol klubi bilan shartnoma muddati yakunlangach, „Carlisle United“ futbol klubiga qoʻshildi, ammo David Ravenning debyuti atigi yarim soat davom etdi, chunki u jarohati tufayli almashtirildi.
„Carlisle“ klubidagi jarohatlar bilan oʻtgan birinchi mavsumdan soʻng, 2007—2008-yillardagi mavsumda David Raven oʻzining „Carlisle United“ klubining haqiqiy oʻng qanot himoyachisi sifatidagi oʻyinini koʻrsatdi. Shuningdek, bu davrda David Raven „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu mavsumda David Raven „Leyton Orient“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Carlisle“ futbol klubi uchun birinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.
David Raven 2010-yilning iyul oyida „Shrewsbury Town“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Shrewsbury Town "Carlisle United" futbol klubidan ketganidan soʻng, „Shrewsbury Town“ futbol klubining yangi menejeri Graham Turner David Raven bilan uzoq muddatli shartnoma tuzganligini eʼlon qildi.
Tranmere Rovers 2011-yilning yozida David Raven „Tranmere Rovers“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. David Raven 2011—2012-yilgi mavsum oxirida Angliya ligasida klub bilan 17 ta oʻyin oʻtkazdi.
Inverness Caledonian Thistle David Raven 2012-yil iyun oyida Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. David Raven klub tarkibidagi ilk oʻyinini „Buckie Thistle“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
2018-yil 2-yanvarda David Raven „Inverness“ klubi uchun oxirgi oʻyinini 2017—2018-yilgi Shotlandiya chempionati doirasidagi „Livingston“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:1 hisobi) oʻtkazdi.
Wrexham 2018-yilning 26-yanvarida David Raven „Wrexham“ futbol klubiga qoʻshildi. David Raven 2018-yil may oyida „Wrexham“ futbol klubini tark etdi.
Warrington Town 2018-yilning 1-iyulida David Raven Shimoliy Premer-liga vakili „Warrington Town“ futbol klubiga qoʻshildi. David Raven 2018-yil 20-oktyabr kuni „Halifax Town“ klubiga qarshi Angliya kubogi doirasidagi uchrashuvda yangi klub safida ikkita oʻyin oʻtkazdi.
Marine 2020-yil sentyabr oyida David Raven „Marine“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi +ClubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubugiYevropaBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniLiverpool2004—2005Angliya Premer-ligasi1010100000302005—2006000010000010 Jami101020000040Tranmere Rovers (ijara)2005—2006Birinchi liga110———00110Carlisle United2006—2007Birinchi liga3601000—003702007—20084412020—205012008—20094103020—004602009—20101600030—20210 Jami13716070—401541Shrewsbury Town2010—2011Ikkinchi liga2400020—20280Tranmere Rovers2011—2012Birinchi liga1701010—10200Inverness Caledonian Thistle2012—2013Shotlandiya Premer-ligasi3603040——4302013—2014Shotlandiya Premer-ligasi2613030——3212014—20153305110——3912015—2016191302020—2612016—20172111040——2612017—2018Shotlandiya chempionati1800010—31221 Jami153315115020311885Wrexham2017—2018Milliy liga70———0070Warrington Town2018—2019Shimoliy Premer-liga37060——104402019—202022340——10273 Jami593100——20713Marine2020—2021Shimoliy Premer-liga4061——30131 Jami41373922702015149610
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari