Lucas Gabriel Masoero Masi (; 1995-yil 1-fevralda Mendoza shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Pari Nizhny Novgorod“ klubi himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati Lucas Masoero „Independiente Rivadavia“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 8-iyulida „Estudiantes de San Luis“ jamoasiga qarshi oʻyinda Argentina Milliy Premyer ligasida debyut qildi. 24-iyul kuni „Los Andes“ futbol klubiga qarshi bahsda Lucas Masoero „Independiente Rivadavia“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. Ammo, 2017-yilning yozida malaka oshirish maqsadida Lucas Masoero Argentina uchinchi divizionidagi „Deportivo Maipú“ futbol klubiga oʻtdi va bu jamoa tarkibida mavsum oxiriga qadar oʻynagan. Hamda, 2018-yilning yozida Lucas Masoero „Lokomotiv Plovdiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 22-sentyabr kuni poytaxtninng „Septemvri“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lucas Masoero Bolgariya chempionatida debyut qildi. Shu bilan bir qatorda, klub safida Lucas Masoero ikki marta Bolgariya kubogini qoʻlga kiritdi. 2020-yilning 22-noyabr kuni Moskvaning „CSKA“ jamoasiga qarshi bahsda Lucas Masoero „Lokomotiv Plovdiv“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili Lucas Masoero Bolgariya Superkubogini qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, 2021-yilning yozida Lucas Masoero Rossiyaning „Pari Nizhny Novgorod“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 26-iyul kuni „Sochi“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lucas Masoero Rossiya Premyer ligasida debyut qilgan.

Jamoalari JamoaMamlakatMavsumIndependiente Rivadavia2015—2016Sport Club Pacífico2016Deportivo Maipú2017—2018Lokomotiv Plovdiv2018—2021F. C. Nizhni Nóvgorod2021—hozirgacha

Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaroBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIndependiente Rivadavia201519110--20120160000--002016—20170000--00Jami191100000201Deportivo Maipú2017—201826440--304Lokomotiv Plovdiv2018—20198000--802019—20201205000-1702020—2021281102010321Jami481602010571Nizhny Novgorod2021—202225020--270Umumiy faoliyatida118613020101346

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar