Ryan George Henson Loft () (1997-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Ryan Loft „Bristol Rovers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi va shaxsiy hayoti Angliyaning Gravesend shahrida tugʻilgan Ryan Loft Northfleet texnologiya kollejida oʻqigan. U yerda Ryan Loft balandlikka sakrash boʻyicha chempion boʻlgan.
Faoliyati "Dartford" va „Ebbsfleet United“ futbol klublarida oʻynaganidan soʻng, Ryan Loft 2013—2014-yilgi mavsum uchun „Tottenham Hotspur“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Ryan Loft 2016-yilning mart oyida „ish tajribasi“ shartnomasi asosida „Braintree Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi. 2017-yilning yanvarida „Stevenage“ va 2018-yilning yanvarida „Exeter City“ futbol klublari bilan ijara shartnomasi imzolashga rozilik bildirdi. Ryan Loft 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Tottenham Hotspur“ futbol klubini tark etdi. 2018-yil iyul oyida Ryan Loft „Leicester City“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ryan Loft 2019-yilning avgustida „Carlisle United“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi.
Ryan Loft 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Leicester City“ futbol klubini tark etdi.
2020-yilning avgustida Ryan Loft „Scunthorpe United“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Bristol Rovers 2022-yil 4-yanvarda Loft nomaʼlum toʻlov evaziga Ikkinchi liga vakili „Bristol Rovers“ futbol klubi safiga qoʻshildi va klub bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi . Ryan Loft „Hartlepool United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0) klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi .
Loft 2022—2023-yilgi mavsumni 2022-yilning avgustidan sentabrgacha boʻlgan oltita oʻyinda beshta gol urish bilan boshladi . Loft bosh murabbiy Joey Bartonni jamoada ishlashga tayyorligi bilan hayratda qoldirdi, chunki u mavsumoldi mavsumga yanada kuchliroq formada qaytdi va asosiy tarkibda doimiy oʻyinchiga aylandi .
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTottenham Hotspur2015—2016Premer liga00000000002016—201700000000002017—20180000000000Jami0000000000Braintree Town (ijara)2015—2016Milliy liga0000—0000Stevenage (ijara)2016—2017Ikkinchi liga9000000090Exeter City (ijara)2017—2018Ikkinchi liga1000000010Tottenham Hotspur U-23s2017—20183131Leicester City2018—2019Premer liga00000000002019—2020Premer liga0000000000Jami0000000000Leicester City U-23s2018—20193333Carlisle United (ijara)2019—2020Ikkinchi liga264501032356Scunthorpe United2020—2021Ikkinchi liga4180011104392021—2022Ikkinchi liga154101022196Jami56121021326215Bristol Rovers2021—2022Ikkinchi liga1310000001312022—2023 Birinchi liga154001032196Jami285001032327Jami120216041151014532
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar