Otaxoʻjayev Anvar Xoʻjaxanovich – sobiq Namangan shahar hokimi.

Bolaligi

Anvar Otaxoʻjayev 1972-yil Namangan shahrida tavallud topgan.

Taʼlimi

Anvar Otaxoʻjayev 1989-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutiga (kunduzgi) oʻqishga kiradi va uni 1994-yilda tamomlaydi. 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2002-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutining sirtqi yoʻnalishida taʼlim oladi.

Mehnat faoliyati Otaxoʻjayev mehnat faoliyatini 1994-yilda Namangan shahridagi „Oltin vodiy-95“ xususiy firmasida faoliyat yuritgan. 1997-yilda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimida iqtisodchi sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1998-yildan Namangan viloyati iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasida aholi turmush darajasi va isteʼmol bozorini balanslashtirish boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlaydi.

Anvar Otaxoʻjayev 2001-yili Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhiga ishga oʻtadi va u yerda yetakchi mutahassis sifatida ish boshlaydi. 2005-yilda esa Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Shundan soʻng 2008-yili Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib faoliyat yuritadi.

2012-yilda Otaxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleksi rivojlantirish shoʻbasining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlaydi.

2016-yilda Anvar Otaxoʻjayev Oʻzbekiston Oziq-ovqat xolding kompaniyasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2017-yilda „Oʻzparrandasanoat“ uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlanadi.

2018-yilda „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ AJ isteʼmol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi sifatida ish boshlab, u yerda 2019-yilgacha faoliyat yuritadi.

Hokim 2019-yil 5-mart kuni Anvar Otaxoʻjayev Namangan viloyatining Chortoq tumaniga hokim etib tayinlandi. 2023-yil 18-dekabr kuni Namangan viloyati Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlanadi.

Manbalar

Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Chortoq tumani kishilari Turkum:Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari