Ellen Peeterovna Niit (qizlik familiyasi Hiob, 13-iyul 1928-yil, Tallin — 30-may 2016-yil, Tallin) — estoniyalik yozuvchi va tarjimon. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1977). Biografiyasi left|thumb| Sándor Petőfi muzeyidagi yozuvchining byusti. Ellen Niit 1928-yil 13-iyulda Tallinda ishchi oilasida tugʻilgan. 1952-yilda Tartu universitetining eston tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan, Estoniya bolalar adabiyoti fakultetida aspiranturada tahsil olgan (1952—1956). 1956-yildan 1961-yilgacha Tallindagi Yozuvchilar uyushmasida sheʼriyat boʻyicha maslahatchi, 1961-yildan 1963-yilgacha Estoniya televideniyesida muharrir boʻlgan. Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti (1971, 1978) va madaniyat boʻyicha Estoniya milliy mukofoti (2009) laureati. Filologiya fanlari nomzodi (1985). Sándor Petőfining 120 dan ortiq sheʼrlarini tarjima qilgan.

Ijodi Ellen Niit 1954-yildan bolalar adabiyotida ijod qila boshlgan. Shu yili birinchi sheʼriy hikoyasi „Kuidas leiti nääripuu“, 1957-yilda „Rongisõit“ kitobi chiqadi. 1979-yilda „Krõlliraamat“ sheʼriy toʻplami nashr etiladi. Bolalarga oid birinchi nasriy asari 1963-yilda chiqqan „Pille-Riini lood“ kitobidir. 1970-yilda „Triinu ja Taavi jutud“ kitobi, 1977-yildan uning davomi boʻlgan „Triinu ja Taavi uued ja vanad lood“ kitobi nashr etiladi. 1990-yilda oʻz ijodiy faoliyatini sheʼriyatda davom ettirradi. 1993-yilda „Kuidas Krõll tahtis põrandat pesta“, keyingi yili „Krõlli värviraamat“ va „Krõll ja igasugused hääled“, 1999-yilda „Krõlli pannkoogitegu“ kitoblari nashr etilgan.

Oilasi Birinchi turmushi (1949—1958) adabiyotshunos Heldur Niit bilan boʻlgan, ularning oʻgʻli Toomas Niit (1953—2020). 1958-yildan yozuvchi Jaan Kross bilan turmush qurgan (1920—2007). Bu oilaning Maarja Undusk (1959-yilda tugʻilgan) ismli qizi va ikki oʻgʻli Eerik-Niiles Kross (1967-yilda tugʻilgan) va Märten Kross (1970-yilda tugʻilgan) boʻlgan. Tartu shahrida Kastani koʻchasi, 86-uyda, va Tallin shahri Harju koʻchasi, 1-uyda yashagan. Tallindagi Rahumäe qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

Havolalar Нийт, Эллен Пээтеровна // Краткая литературная энциклопедия / Гл. ред. А. А. Сурков. — М.: Советская энциклопедия, 1962—1978.

Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:30-mayda vafot etganlar Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:13-iyulda tugʻilganlar