Tohir ibn Muslim () — Madinaning birinchi Husayniy amiri yoki sharifi.

Tohir ibn Muslim Husayn ibn Alining toʻqqizinchi avlodidan boʻlgan Abu Jaʼfar Muslimning oʻgʻli boʻlgan. Abu Jaʼfar Husayniylar avlodi Madinada koʻzga koʻringan oilalardan biri boʻlib, keyinchalik Misrga hijrat qilgan va ixshidiylar, keyinroq Fotimiylar saroyida muhim shaxsga aylangan.

976–977-yillarda otasining vafotidan koʻp oʻtmay, Tohir ibn Muslim Madinaga qaytib kelgan va u yerda Husayniylarning qolgan qismi tomonidan rahbar sifatida tanilgan. U dastlab Abbosiylar xalifasi at-Toiyga bay’at qilgan, ammo Fotimiylar xalifasi al-Aziz Billoh qoʻshin yuborib, uni Fotimiylarga bay’at qilishga majbur qilgan.

Tohir ibn Muslim vafotiga qadar Madina hukmdori boʻlgan. 992-yilda vafotidan keyin uning oʻrniga oʻgʻli al-Hasan oʻtirgan. Keyinchalik Tohir ibn Muslimning nasli taxtdan agʻdarilib, uning oʻrniga 1007-yilda Husayniylar avlodi vakili Dovud hokimiyatga oʻtirgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Banu Muhanna Turkum:992-yilda vafot etganlar