Riffa (, ) – Bahrayn qirolligining maydoni boʻyicha ikkinchi yirik shahriNational Geospatial-Intelligence Agency. Riffa uch qismga boʻlinadi: Sharqiy Riffa, Gʻarbiy Riffa va Shimoliy Riffa. Shahar toʻliq janubiy gubernatorlikda joylashgan.

Shahar ahoisi tez oʻsib bormoqda, 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida aholisi soni 79,550 kishi boʻlgan, 2008-yilga kelib esa shahar aholisi 111,000 kishini tashkil etganWorld gazetteer . Shahar aholisi 2018-yilda 195,606 kishiga yetgan.

Tarixi Riffa XIX asr davomida Manama porti bu nomni olgunga qadar Bahrayndagi asosiy aholi punkti boʻlgan.

Sharqiy Riffa Sharqiy Riffa koʻplab diqqatga sazovor joylarga ega, shunday diqqatga sazovor boʻlgan joylardan biri Riffa qal’asi boʻlib, u Sheikh Salman Bin Ahmad Al Fateh Forti nomi bilan tanilgan. Shaharda bir nechta savdo markazlari va ikkita asosiy savdo koʻchalari mavjud: Riffa bozori (سوق الرفاع, Souk ar-Rifa) va Bukuwara koʻchasidagi bozor. Birinchi qismi kattaroq, ikkinchisi esa koʻproq tashkillashtirilgan va zamonaviylashtirilgan. Royal Golf Clubda golf oʻynash bu hududdagi eng yaxshi mashgʻulotlardan biri hisoblanadiThe Royal Golf Club. Arcapita tomonidan yaratilgan Riffa Views deb nomlanuvchi yangi loyiha katta turar-joy va tijorat markaziwww.riffaviews.com. Loyiha sunʼiy koʻllar, xalqaro maktab, tijorat markazlari, supermarketlarni oʻz ichiga oladiwww.rvis.edu.bh . Shu bilan birga, bu yerda yaqinda ochilgan Royal Womenʼs University ham joylashgan. Enma mall va Lulu Hypermarket Mall Sharqiy Riffadagi tez rivojlanib borayotgan savdo markazlari hisoblanadi.

Gʻarbiy Riffa Gʻarbiy Riffa asosan turar-joy hududi sanaladi. Hukumat oilasi, vazirlar va biznes investorlarining aksariyati Gʻarbiy Riffada yashaydi. U yerda Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso al Xalifa va Bosh vaziri Sheikh Xalifa ibn Salmon al Xalifa ham yashaydi. Riffaning mashhur soat minorasi Gʻarbiy Riffaning markazida joylashgan.

Gʻarbiy Riffada Bahraynning sobiq hukumat vakillari, Sheikh Salman bin Hamad va Sheikh Isa bin Salman Al Khalifa yashagan Riffa Palace kabi turli diqqatga sazovor joylar mavjud. Shuningdek, Gʻarbiy Riffa bir vaqtlar Bahraynning eng toza va eng yaxshi suviga ega boʻlgan, Al Hunaynya va Umm Ghwayfa kabi buloqlarga ega.

Adabiyotlar .

Manbalar

Havolalar Maplandia.com saytidagi sunʼiy yoʻldosh xaritasi

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Riffa Turkum:Bahrayn aholi punktlari