Wojciech Tomasz Szczęsny (; 1990-yil 18-aprelda tugʻilgan) – polshalik professional futbolchi, La Liganing “Barselona” klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Wojciech klubdagi faoliyatini Varshavaning „Legiya“ jamoasida boshlagan. Szczęsny 2006-yilning yanvarida „Arsenal“ bilan shartnoma imzolagan. Uch yil davomida klubning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2009-yilda „Lonon“ jamoasi tarkibida professional debyutini oʻtkazgan. Keyingi mavsumda „Brentford“ klubida ijara asosida oʻynagan. 2011-yilgi mavsum oldidan Arsenal jamoasi tarkibiga qaytgan va keyinchalik ikki marta Angliya kubogida gʻalaba qozonib, poytaxt klubining asosiy darvozaboniga aylangan. 2013/2014-yilgi mavsum yuqori darjada oʻtkazgan holda jamoasi blan Angliya kubogida gʻolib boʻlgan va mavsum yakunida Petr Čech bilan birgalikda Premyer-liganing „Oltin qoʻlqop“ sohibi boʻlgan. Wojciech 2015-yilda ketma-ket ikki mavsum davomida Italiyaning „Roma“ klubida ijara asosida oʻynagan. 2017-yilda Rim klubi tarkibidagi mazmunli oʻyinlar sababli A seriyasining amaldagi chempioni — „Yuventus“ klubiga oʻtishga sabab boʻlgan. Oʻzining birinchi mavsumida asosan Gianluigi Buffonning zaxira darvozaboni sifatida oʻynagan. Dastlabki mavsumidayoq ichki musoboqalarda Juventus jamoasi bilan „oltin dubl“ni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda Buffon ketganidan soʻng, boshlangʻich tarkib futbolchisiga aylandi va ikkinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Uning samarali oʻyinlari 2019-yilda unga Yashin mukofoti nominatsiyasini ham taqdim etgan. Szczęsny keyingi mavsumda ketma-ket uchinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Wojciech 2024-yilda professional futboldan ketishdan oldin A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni mukofotini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro miqyosda Wojciech 2009—2024-yillar oraligʻida Polsha terma jamoasi safida 84 ta oʻyin oʻtkazgan. Wojciechilk yirik musoboqasi, Polsha va Ukraina mezbonligida oʻtgan UEFA Yevro-2012 turnirida milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik Yevropa chempionati turnirning yana uchta nashrida (2016, 2020 va 2024), shuningdek, ikkita FIFA Jahon chempionatida (2018 va 2022) ishtirok etgan.
Shaxsiy hayot Szczęsny Varshavada tugʻilgan. Wojciech Maciej Szczęsnyning oʻgʻli boʻlib, otasi ham professional darvozabon boʻlgan. Otasi faoliyati davomida Varshavaning „Legiya“, „Vidzev Lodz“, „Poloniya Varshava“ va „Visla Krakov“ klublarida, shuningdek, Polsha terma jamoasida yettita oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi Klub + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarJamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarArsenal2009–10Premier League00001000—102010–11Premyer-liga150205020—2402011–12Premyer-liga380100090—4802012–13Premyer-liga250401030—3302013–14Premyer-liga370000090—4602014–15Premyer-liga17050006010290Jami132012070290101810Brentford (ijara)2009–10League One2800000—00280Roma (ijara)2015–16Serie A34000—80—4202016–17Serie A38000—10—390Jami72000—90—810Juventus2017–18Serie A17020—20002102018–19Serie A28020—100104102019–20Serie A29000—70103702020–21Serie A30000—70103802021–22Serie A33000—70004002022–23Serie A28000—120—4002023–24Serie A35000———350Jami200040—450302520Umumiy faoliyat432016070830405420
Xalqaro + Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarPolsha2009102010002011602012502013402014602015202016402017402018802019602020302021130202280202390202450Jami840
Yutuqlar Arsenal
Angliya kubogi: 2013–14, 2014–15 FA hamjamiyat qalqoni: 2014 Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2010–11
Yuventus
A Seriya: 2017–18, 2018–19, 2019–20 Italiya kubogi: 2017–18, 2020–21, 2023–24 Italiya Superkubogi: 2018, 2020
Individual
Polshada yilning eng yangi futbolchisi: 2011 Premyer-liga Oltin qoʻlqop sohibi: 2013/2014 Lega A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni: 2019–20 A Seriyaning mavsum jamoasi aʼzosi: 2022–23
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
Wojciech Szczęsny profile at Juventus FC
Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar