Tarixi xonadoni Temuriyya yoki Temur avlodlari yilnomasi – Boburiy hukmdor Akbar tomonidan 1577—1578-yillarda buyurtma qilingan 16-asrga oid qoʻlyozma. Asarda 14-asrda yashagan sarkarda Amir Temurning Eron va Hindistondagi avlodlari tasvirlangan. Bu jild hukmdorning shaxsiy foydalanishi uchun yaratilgan, shu tufayli Akbarning shaxsiy kutubxonasidan joy olgan. Eng yaxshi qogʻozga ishlangan bu jild Dasvant, Miskin, Madho Mukund, Haydar Kashmiriy, Manuhar va Basovan kabi 51 nafar taniqli rassomlar tomonidan hamkorlikda yaratilgan 133 ta rasmdan iborat toʻplamga ega. Ushbu mufassal va nafis suratlar Boburiylar badiiy sanʼatining eng yorqin namunasi hisoblanadi. Yozma matnda badiiy asar tomonidan belgilangan standartlarga mos keladigan xattotlik mavjud.
2011-yilda YuNESKO tomonidan Jahon xotirasi reyestriga kiritilgan. Asl qoʻlyozma Hindistonning Bihar shtati Patna shahridagi Xudobaxsh sharq jamoat kutubxonasida saqlanmoqda.
Bu Temur va uning Eron va Hindistondagi avlodlari, jumladan, Boburiy hukmdorlar Bobur, Humoyun va Akbarlar tarixiga oid qoʻlyozmaning saqlanib qolgan yagona nusxasidir.
Manbalar
Turkum:16-asr asarlari Turkum:Jahon xotirasi reyestri Turkum:Akbar