Oybek Baxodir oʻgʻli Yuldashev — oʻzbek jamoat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. Hayoti Oybek Yuldashev 1990-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tugʻilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi institutini qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo'yicha tamomlagan. Faoliyatini 2009-yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyat Kengashi mutaxassisi sifatida ish faoliyatini boshlagan. 2012-2023-yillarda yoshlar tashkilotlarining turli lavozimlarda xizmat qilgan. 2023-yilda esa Yoshlar ishlari agentligining Andijon viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar