Abdurrahmon ibn Habib al-Fihriy (; as-Siqlabiy () nomi bilan ham taniqli) – Abbosiylar davridagi Al-Andalus noibi. Umaviylar noibi Abdurrahmon I ga qarshi kurashish uchun Ifriqiyadan yuborilgan. Tudmirga kelgach, Barselona lashkarboshisi Sulaymon al-Arabiydan boʻysunishni talab qildi. Bu rad etilgach, Al-Fihriy unga qarshi yurish qildi va Valensiya yaqinida magʻlub boʻldi. Koʻp oʻtmay, As-Siqlabiy berber tomonidan oʻldirildi. Bu Abbosiylarning Andalusda oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun soʻnggi urinishi boʻldiRoger Collins, The Arab Conquest of Spain, 710–797 (Basil Blackwell, 1989), pp. 174–177..

Ibn Habib Ifriqiyada nufuzli boʻlgan Fihriy oilasiga mansub boʻlgan. Fihriylardan boʻlgan Yusuf ibn Abdurahmon al-Fihriy 756-yilda Abdurrahmon I tomonidan Al-Andalus noibligidan chetlashtirilgan ediPierre Guichard, „The Population of the Region of Valencia During the First Two Centuries of Muslim Domination“, in Manuela Marin (ed.), The Formation of al-Andalus, Part 1: History and Society (Ashgate, 1998), p. 143.. Baʼzi zamonaviy tarixchilarning taʼkidlashicha, Ibn Habib Yusuf bilan nikoh orqali ham qarindosh boʻlgan, biroq bu hech qanday birlamchi manba bilan tasdiqlanmaganAbdurrahman A. El-Hajji, „Andalusian Diplomatic Relations with the Franks during the Umayyad Period“, Islamic Studies 30 (1991), pp. 241–262.. Manbalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:770-yillarda vafot etganlar