Aramo (, ʿAramo, , Aramo) Suriyaning shimoli-gʻarbidagi Latakiya muhofazasida joylashgan qishloq. Aramo Oʻrta yer dengizidan atigi 30 km uzoqlikda joylashgan. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Aramo aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Latakia Governorate. .

Tarixi Qishloq Ugarit qirolligi tarkibida boʻlib, taxminan miloddan avvalgi 1300-yillar atrofida shahar arxivlarida Arime nomi bilan qayd etilgan.

Armanlar Qishloqda armanlar istiqomat qilgani maʼlum. Biroq, 1947-yilda koʻp sonli armanlar Sovet Armanistoniga koʻchib ketishgan. Hozirda qishloqda bir nechta arman oilalari qolgan. Qishloqda 1310-yilda qurilgan Avliyo Stepanos nomli qadimiy arman cherkovi boʻlib, u qishloq markazida joylashgan. Qoyalarga oʻyib qurilgan Surp Asdvadzadzin va Surp Kevork nomli arman apostol cherkovlari kabi ba’zi kichik ibodatxonalar ham mavjud. Alaviy arablar ham ushbu ikki cherkovga tashrif buyurishadi.

Hozirgi vaqtda Aramoda oz sonli arman aholisi mavjud boʻlib, ularning aksariyati arab tilida soʻzlashadi. 2021-yil atrofida Suriya hukumati oʻtkazgan aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, shaharda jami 255 nafar arman yashashi aniqlangan boʻlib, bu Aramo aholisining yarmini tashkil etgan.

Manbalar

Turkum:Suriyadagi arman jamiyatlari Turkum:Al-Haffa okrugi aholi punktlari