Bettina Plank (1992-yil 24-fevralda tugʻilgan) – avstriyalik karatechi. Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida ikki karra bronza medali sohibi, Yevropa oʻyinlarining uch karra sovrindori, jumladan, ikki karra oltin medal sohibi.

2015-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida karate boʻyicha Yevropa chempionatida oʻz yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati Plank 2011-yil Shveysariyaning Syurix shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida kumite bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2014-yilda Finlandiyaning Tampere shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Yevropa chempionatida esa kumush medalga sazovor boʻlgan.

2015-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Yevropa chempionatida Plank ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida kumite yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, kumite yoʻnalishida ayollar oʻrtasidagi jamoaviy bahsda bronza medaliga ega chiqqan. Oʻsha yili Plank Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida xuddi shu yoʻnalishda kumush medalga sazovor boʻlgan. Finalda Plank turkiyalik Serap Özçelikka oʻyinni boy bergan. Portugaliyaning Braga shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Universitetlar oʻrtasida karate boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, xuddi shu musobaqaning kumite yoʻnalishida ayollar oʻrtasida jamoaviy bahslarning bronza medaliga ega chiqqan.

2017-yilda Polshaning Vrotslav shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida kumite yoʻnalishida ishtirok etgan, biroq musobaqadan medalsiz qaytgan. Saralash bosqichida bitta oʻyinda gʻalaba qozonib, ikkita oʻyinda magʻlub boʻlgan va yarim finalda ishtirok eta olmagan. 2018-yilda Plank Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasida kumite yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Belarus poytaxti Minsk shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarida ayollar oʻrtasida kumite yoʻnalishi 50 kg vazn toifasi boʻyicha oltin medalga ega chiqib, shohsupaning yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan. Musobaqaning oltin medal uchun bahslarida turkiyalik Serap Özchelikni magʻlubiyatga uchratgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sportchilar Turkum:Karatechi ayollar