„Poison“ – amerikalik qoʻshiqchi Aaliyahning qoʻshigʻi boʻlib, unda kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ishtirok etgan. U 2021-yil 17-dekabrda Blackground Records 2.0 orqali Aaliyahning (oʻlimidan keyin) chiqarilishi kutilayotgan albom – Unstoppablening birinchi singli sifatida chiqarilgan. The Weeknd, Belly va Static Major muallif huquqiga ega. Prodyusserlikni DannyBoyStyles va Nick Lamb muhandis Mike Dean bilan amalga oshirgan.

Tarixi 2021-yil avgustida, Aaliyahning Blackground (hozirda Blackground Records 2.0 nomi ostida ishlaydi) uchun yozilgan ishlari Empire Distribution bilan kelishuv asosida jismoniy, raqamli tarzda va (ilk bor) striming xizmatlarida qayta chiqarilishi haqida xabar berilgan edi. Bu ish 2021-yil 20-avgustda One in a Million albomining qayta chiqarilishi bilan boshlandi. 2021-yil 25-avgustda, Aaliyahning amaki­si va Blackground Records 2.0 rahbari Barry Hankerson, Big Tigger bilan WVEE uchun bergan intervyusida, Unstoppable albomi „bir necha hafta ichida“ chiqarilishini maʼlum qildi. Albomda Drake, Snoop Dogg, Ne-Yo, Chris Brown, Future kabi ijrochilar ishtirok etadi va Aaliyahning vafotidan oldingi reliz qilinmagan vokallaridan foydalaniladi. Hankerson, bu marhum yulduz uchun yangi musiqaning intihosi boʻlishini maʼlum qildi va shunday dedi: „Men bu juda ajoyib deb oʻylayman. Bu juda ham emotsional holat. U hozir yoʻq boʻlsa ham, uning kuylayotganini eshitish juda ogʻir, lekin biz bunga erishdik“.

„Poison“ qoʻshigʻida Aaliyahning vokallari 2001-yilda, qoʻshiqchining kutilmaganda roʻy bergan vafotidan bir necha oy oldin yozilgan. Hankerson shunday degan: „Koʻplab muxlislarga [Aaliyahning] musiqasini barhayot saqlab kelganlari uchun rahmat. Uzr, buning uchun koʻp vaqt ketdi, lekin oila aʼzosini shunday toʻsatdan yoʻqotganda, bunday holatga chidash uchun vaqt kerak. Aaliyahning musiqasini uning merosini saqlab qolish uchun chiqarishga qaror qildim“.

Tanqidiy qabul Singl chiqishi bilan Aaliyahning vokallari sifati The Weeknd vokallari bilan solishtirganda past boʻlganligi sababli tanqidga uchradi. Aaliyah muxlislari qoʻshiqni „hurmatsizlik“ deb atashdi. Uning chiqarilishidan bir kun oʻtmay, trek miksingi va masteringi bilan shugʻullangan Mike Dean barcha raqamli platformalarda yangilangan versiyani chiqardi. BET uchun Michael Arceneaux yangi versiya „ular ishlatgan manbaning sifatsizligini yoʻqotish uchun yetarli emas edi“, deb yozgan. Xuddi shu nashrda ishlovchi Moises Mendez II esa qoʻshiqdagi Aaliyah vokallarining miksingi uni „deyarli tanib boʻlmas darajaga keltirganini“ yozgan.

D-Money Soul Bounce uchun shunday yozgan: „Qoʻshiqda nimadir notoʻgʻri. Xususan, Aaliyahning vokallarining miksingi yomon va eski kompyuter orqali filtrlangan kabi eshitiladi“. Jon Blistein Rolling Stone uchun yozganida, singl „yumshoq“ va „atmosferali“ deb atagan. Michael Arceneaux BET uchun yozganida, qoʻshiqni „eʼtiborga loyiq emas“ va „Aaliyahning katalogiga hech qanaqasiga yaqin emas“ deb taʼriflagan. U shuningdek, „bu qoʻshiqni aralash fikrlar oldi, deb aytish boʻrttirish boʻladi, chunki asosan, muxlislar qoʻshiqning sifatsizligi uchun hayron qolishgan“ deb yozgan.

Chartlar

Chartlardagi koʻrsatkichlar Relizdan bir hafta oʻtgach, singl Yangi Zelandiyaning Hot Singles chartida 33-oʻrinda debyut qildi.

AQShda „Poison“ Billboard Adult R&B Airplay chartida 21-oʻringacha koʻtarildi va chartda oʻn ikki hafta davomida oʻz oʻrniga ega boʻldi. Shuningdek, Billboard R&B Digital Song Sales chartida 14-oʻrinda va Hot R&B Songs chartida 15-oʻrinda debyut qildi.

Chartlar +„Poison“ning chartlardagi oʻrniChart (2021-2022)Eng yuqori oʻrin Adult R&B Songs (Billboard)21 Hot R&B Songs (Billboard)15 Radio (RISA)80 Hot Singles (RMNZ)33

Chiqarilish tarixi +„Poison“ning chiqarilish tarixiHududSanaFormatLeyblHar xil2021-yil 17-dekabr

Manbalar

Turkum:2021-yil qoʻshiqlari Turkum:2021-yil singllari Turkum:Aaliyah qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar