Keniya musulmonlar akademiyasi – Keniyaning Nairobi shahri, Kariobangi hududida joylashgan, musulmon va musulmon boʻlmagan oʻquvchilarni qabul qiluvchi xususiy boshlangʻich va oʻrta maktabdirInternational Crisis Group. (2015). Kenyaʼs Somali North East: Devolution and Security. International Crisis Group. http://www.jstor.org/stable/resrep31841. Maktab 1993-yilda SUPKEM tashkiloti tomonidan asos solingan.

Maktabda boshlangʻich va oʻrta taʼlim bosqichlari mavjud boʻlib, oʻquvchilari yuqoriakademik natijalarga erishgan. Boshlangʻich sinflarda dunyoviy fanlar bilan birga Qur’on, Tavhid, Fiqh, Sira, Hadis, Arab tili, Tafsir va Tajvid kabi islomiy fanlar ham arab tilida oʻqitiladi va ICDC oʻquv dasturiga amal qilinadi.

Oʻrta sinflarda ham arab tili va Islom dinshunosligi dunyoviy fanlar bilan birgalikda oʻqitiladi. Maktabda oʻrta va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun yotoqxona mavjud.

Hozirda maktab direktor Shayx Abdukadir va boshqaruvchi janob Aden Abdukadir tomonidan boshqariladi, ularning faoliyati turli soha mutaxassislaridan tashkil topgan boshqaruv kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Kengash raisi janob Ali Hassan hisoblanadi.

Maktabning Islomiy boʻlimi boshligʻi – Saudiya Arabistonidagi Madina Islom universiteti bitiruvchisi doktor Hoj Maulid Makoxa.

Maktabda keng sinf xonalari, laboratoriyalar, masjid, kutubxona va bir nechta sport maydonchalari kabilar mavjud.

Manbalar

Havolalar SUPKEM Turkum:Nairobidagi maktablar Turkum:Kenyadagi litseylar va oʻrta maktablar Turkum:Kenyadagi boshlangʻich maktablar Turkum:Afrikadagi islomiy maktablar Turkum:Kenya 1993-yilda tashkil etilgan maktablar Turkum:1993-yilda asos solingan taʼlim muassasalari Turkum:Kenyadagi xususiy maktablar