Rasul Qorayevich Umirov (1960-yil 5-dekabr, Yetimquduq qishlogʻi, Dehqonobod tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — baxshi O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni sohibi. Tarjimayi holi Rasul Umirov 1060-yil 5-dekabrda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Yetimquduq qishlogʻida baxshi-shoir oilasida tugʻilgan. Oʻzbekning Qoʻngʻirot urugʻi, Qoʻshtamgʻali dahasining oʻtroqi shoxidan boʻlgan. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi Yangi obod qishloq xoʻjaligi texnikumining Traktorchi va mashinist boʻlimini tamomlagan. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi “Qudrat” fermer xo‘jaligi ishchisi sifatida faoliyat yuritgan. Otasi Qora baxshi Umirov — O‘zbekiston xalq baxshisi. Onasi Roʻzixol Olloyorova — uy bekasi.
2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida bir necha bor ishtirok etgan. Rasul baxshi 15 dan ortiq doston, 30 dan ortiq xalq termalarini yoddan biladi. U ijro etgan 6 ta doston folklorshunos olimlar tomonidan yozib olingan.
Dostonlari Baxshining 2012-yilda „Sanamgul“, „Malla savdogar“ nomli dostonlari, 2019-yilda „Oilaviy sulola“ nomli kitobi „Nasaf“ nashriyotida chop etilgan. Bundan tashqari Rasul baxshining „Surxonim“, „Shuni ayting“, „Yaxshiroq“, „Suluv koʻrsatar“, „Doʻmbiram“, „Javob beraring bordir“, „Vatanim“, „Bilinar“ kabi termalari hamda „Malla savdogar“, „Alpomish“, „Bolxivon“, „Zarnigor“, „Saksanor“, „Oyparcha“ kabi oʻnlab dostonlarni kuylagan.
Manbalar
Havolalar O'zbekiston xalq baxshisi Rasul Umirov: Bobomdan o'rgangan kuylarim Surxondaryo telekanalining "Munavvar kun" dasturi mehmoni Rasul baxshi Umirov va shogirdlari Alpomish va barchinoy chelinchi O'zbekiston xalq baxshisi Rasul baxshi Umirov xonadonidan lavxa Turkum:Oʻzbekistonlik baxshilar