Abu Bakr Muhammad ibn Toʻgʻj ibn Juff ibn Yiltakin ibn Furon ibn Furiy ibn Xoqon (882-yil 8-fevral – 946-yil 24-iyul), al-Ixshid () nomi bilan mashhur. 939-yildan keyin Abbosiylar xalifaligi qoʻmondoni va hokimi, 935-yildan 946-yilda vafotiga qadar Misr va Suriya (Levant) hududlari hukmdori boʻlgan. 969-yilgi Fotimiylar istilosigacha bu hududlarni boshqargan Ixshidiylar sulolasi asoschisi.
Kelib chiqishi va yoshlik davri alt=Geophysical map of the eastern Mediterranean with names of major cities and provinces under Tulunid control|right|thumb|300x300px|Taxminan 893-yildagi Tuluniylar hududlarining xaritasi Ibn Xallikon tomonidan tuzilgan biografik lugʻatga koʻra, Muhammad ibn Tugʻj 882-yil 8-fevralda Bagʻdodda, Kufa darvozasiga olib boruvchi koʻchada tugʻilgan. Uning oilasi turkiy xalqlardan boʻlib, Movarounnahrdagi Fargʻona vodiysidan boʻlgan. Uning ajdodi „Xoqon“ nomi bilan tanilgan boʻlib, bu nom turkiy shohona unvon hisoblangan. Muhammadning bobosi Juff Fargʻonani tark etib, Samarradagi Abbosiylar saroyida xizmat qilgan. Shuningdek, Tuluniylar sulolasining asoschisi Ibn Tulunning otasi ham shu yoʻldan borgan edi. Juff va uning oʻgʻli, Muhammadning otasi Tugʻj dastlab Abbosiylar xizmatida boʻlgan, ammo keyinchalik 868-yildan boshlab Tugʻj Misr va Suriyada mustaqil hokimlik qilgan Tuluniylar xizmatiga oʻtgan. Tugʻj Tuluniylar davrida Iordaniya viloyati markazi Tiberiya, Qinnasrin viloyati markazi Halab va Damashq (oʻsha nomdagi viloyat markazi) hokimi sifatida faoliyat yuritgan. U 903-yilda Qarmatlarning Damashqqa qilgan hujumini qaytarishda katta rol oʻynagan. Yetti oy davomida shaharni Qarmatlarga qarshi ushlab turgan va nihoyat Misrdan yetib kelgan yordam kuchlari bilan ularni quvib chiqargan. Shu tariqa Muhammad ibn Tugʻj yoshlik yillarining koʻp qismini Tuluniylar hukmronligi ostida Shomda otasi bilan birga oʻtkazgan. Aynan shu davrda Tiberiyada otasining yordamchi hokimi boʻlgan va undan tajriba orttirgan.
Manbalar
Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:Ixshid amirlari Turkum:946-yilda vafot etganlar Turkum:882-yilda tugʻilganlar