Muhammad ibn Abdulkarim al-Magʻiliy (), odatda Al-Magʻiliy () nomi bilan tanilgan; 909–840 hijriy/ 1440–1505 milodiy) – tlemsenlik berber sunniy ulamo, Gʻarbiy Afrikaning eng nufuzli oʻrta asr olimlaridan biri. U asosan uch narsa bilan yodga olinadi: yahudiylarga qarshi yuritgan kampaniyalari, islomiy islohiyotchisi sifatidagi oʻrni va siyosiy nazariyaga qoʻshgan hissasi. Bundan tashqari, u keng qamrovli asarlar merosini qoldirgan boʻlib, ular molikiy fiqhi, hadis ilmi, kalom (ilohiyot), tasavvuf, arab grammatikasi, ilm al-balagʻna, hamda siyosiy falsafa kabi turli sohalarni qamrab olgan. Al-Magʻiliy 15-asr oxirlarida Songhay imperiyasiga xizmat qilgan, 1493-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Askia Muhammad al-Aʼzamning maslahatchisi va diniy yetakchi sifatida faoliyat yuritgan.
Al-Magʻiliy Shimoliy va Gʻarbiy Afrikani kezib chiqqan, u yerlarda shariatning holati va mintaqadagi zimmiylarning maqomini oʻrgangan va ularga qarshi chiqgan. Bu kabi masalalardagi keskin qarashlari uni oʻsha davrning mashhur Magʻrib olimlari va amaldorlariga qarshi qoʻydi. Oʻzining ilohiy qarashlari doirasida Magʻiliy siyosiy fikrini Gʻarbiy Afrika hukmdorlari saroylarida berilgan yuridik maslahatlar shaklida ilgari surgan va islomiy fanlar sohasidagi hunarini davom ettirgan. Katta darajadagi tub oʻzgarishlarni boshlab bermagan boʻlsa-da, Magʻiliy Gʻarbiy Afrikaning islomlashuvida muhim rol oʻynadi; uning asarlari yaratilgan paytidan boshlab Gʻarbiy Afrikada koʻchirib yozilib, oʻrganilib va amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda, bu esa uni mintaqada islom rivojlanishining eng muhim shaxslaridan biriga aylantiradi.
Al-Magʻiliyning hayoti haqidagi maʼlumotlarning aksariyati ikkita manbadan olinadi: Ibn Askarning Davhat an-Nashir li-Mahasin man kana min al-Magʻrib min Ahl al-Karn al-ashir asari va Ahmad Bobo at-Tinbuktiyning Nayl al-Ibtihaj bi-tatriz ad-Dibaz asari. Uning asarlarining asl qoʻlyozmalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon raqamli kutubxonasida mavjud.
Adabiyotlar
Turkum:15-asrda tugʻilganlar Turkum:1505-yilda vafot etganlar Turkum:15-asr berberlari Turkum:16-asr berberlari Turkum:Jazoirlik Molikiy olimlar Turkum:Berber musulmonlari Turkum:Berber olimlari Turkum:15-asr ulamolari Turkum:Ashʼariylar Turkum:Molikiylar Turkum:1440-yilda tugʻilganlar