Tako Natsvlishvili (; 1998-yil 9-oktabrda tugʻilgan) — gruzin model. Gruziyada tugʻilib oʻsgan, u oʻzining modelyerlik faoliyatini Nyu-York shahrida davom ettirgan. U Giorgio Armani bilan hamkorligi bilan tanilgan. Tako hozirda Next Management model agentligida shartnoma asosida ishlaydi.

Hayoti Tako Natsvlishvili Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan. U 14 yoshida model boʻlib ishlashni boshlagan. Uning ikki akasi va bir singlisi bor.

Faoliyati 14 yoshida Tako Natsvlishvili Gruziyada NEXT Model Management tomonidan kashf etilgan. Tako Versace, Giorgio Armani, Dolce & Gabbana, Eli Saab, Ralf & Russo, Kristian Dior, Emilia Wickstead, Julien Mcdonald, Yohji Yamamoto, Ermanno Scervino, Moncler, Antonio Berardi, Roland Mouret, Hogan, Genny, Blugirl moda koʻrgazmalarida podiumda yurgan.

Yaqinda Tako Armani Collezionining 2016-yil bahor–yoz kolleksiyasi uchun yangi yuzi boʻldi.

Tako Natsvlishvili, shuningdek, Zuhair Muradning 2016-yilgi kelinlik kolleksiyasi uchun ham suratga tushgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gruziyalik modellar