TuralTuranX — egizak aka-uka Tural va Turan Bağmanovlardan (2000-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) iborat ozarbayjon musiqiy dueti. Ular „Tell Me More“ qoʻshigʻi bilan Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2023“ tanlovida ishtirok etgan.

Tarixi Tural va Turan Bağmanovlar Ozarbayjonning shimoli-gʻarbidagi Zaqatala shahridan. Ular ilk bor maktabda pianinoni koʻrib, unga qattiq qiziqib qolgan va koʻpincha yashirincha qoʻshiqlar chalishni mashq qilganlar. Keyinchalik otasi ularga ishlatilgan sintezator sotib bergan. Soʻngra ular gitara chalishni ham oʻrganishgan. TuralTuranX dastlab maktablarda va turli tadbirlarda chiqish qilgan. Biroq otalarining vafotidan keyin ular bir muddat musiqa bilan shugʻullanishni toʻxtatgan.

Keyinchalik Tural Baku shahriga koʻchib oʻtib, doʻsti bilan birgalikda TheRedJungle guruhiga asos solgan. Turan ham ushbu guruh tarkibida faoliyat yuritgan. Aka-ukalar koʻcha musiqachilari sifatida ham chiqishlar qilganlar.

2023-yil 2-fevralda TuralTuranX Ozarbayjonning „Eurovision–2023“ tanlovi uchun ichki saralashidagi soʻnggi besh nomzod qatoridan joy olgani eʼlon qilingan. 9-mart kuni esa ular mamlakat vakillari sifatida tanlangan. Ular 9-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalda „Tell Me More“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan, biroq 15 ishtirokchi orasida 14-oʻrinni egallab, 4 ball toʻplagan holda grand finalga chiqa olmaganlar.

Shaxsiy hayoti Tural va Turan Bağmanovlarning Emin va Jamol ismli yana ikki akasi boʻlgan. Ular 2015-yilda Ozarbayjonning Yuxarı Tala hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan.

Diskografiyasi Singllari „Tell Me More“ (2023) „Reasons to Get High“ (2024) „Amsterdam“ (2025) Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar