„On Replay“ — Giga Kuxianidze tomonidan bastalangan, soʻzlari Lisa Japaridze tomonidan yozilgan qoʻshiq. Qoʻshiq Bzikebi guruhi tomonidan ijro etilgan va Avstriyaning Vena shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2026“ qoʻshiq tanlovida Gruziya vakili boʻlgan.
Tarixi Bzikebi guruhi avvalroq „Bolalar Eurovision-2008“ tanlovida gʻolib chiqqan edi. Guruh Gruziya radiosi tomonidan „Eurovision“ tanlovida ishtirok etish uchun ichki tanlov orqali saralangan.
Qoʻshiq Georgi Kuxianidze (Giga Kuxianidze nomi bilan ham tanilgan) tomonidan bastalangan. U avval ham „Bolalar Eurovision“ tanlovi bilan bogʻliq loyihalarda ishlagan. Kuxianidze qoʻshiqning mikslanishi, masteringi va prodyuserligini ham amalga oshirgan. Qoʻshiq matni Lisa Japaridze tomonidan yozilgan.
„On Replay“ ingliz tilidagi tez surʼatli qoʻshiq hisoblanadi. U vokalizatsiyalardan iborat kirish qismi bilan boshlanadi, undan soʻng birinchi kuplet keladi. Qoʻshiqning asosiy naqorati „On Replay“ deb nomlanib, unda ham deyarli uzluksiz vokalizatsiyalar qoʻllanilgan. Ikkinchi kuplet birinchisidan ham ohangi, ham davomiyligi jihatidan farq qiladi. Naqorat ikkinchi marta takrorlangach, ulanish qismi yangraydi va yakunda naqorat yana bir bor takrorlanadi.
Qoʻshiq 2026-yil 12-martda eʼlon qilingan. Uning videoklipiga Sasa Orashvili rejissyorlik qilgan.
Eurovision Gruziya 2026-yil may oyida boʻlib yetmishinchi marotaba oʻtgan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ushbu qoʻshiq bilan ishtirok etdi. Mamlakat 12-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalda 6-raqam ostida chiqish qildi, biroq final bosqichiga yoʻl ololmadi.
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:2026-yil singllari