Bjørn Tidmand (1940-yil 24-yanvar — 2026-yil 26-may) — daniyalik xonanda boʻlib, asosan 1964-yilgi „Eurovision“ qoʻshiq tanlovidagi ishtiroki bilan tanilgan.

Hayoti va faoliyati Tidmand bolaligida Kopengagen oʻgʻil bolalar xorining aʼzosi boʻlgan. Keyinchalik u mahalliy tungi klublarda chiqish qila boshlagan va 1959-yilda ovoz yozish shartnomasini imzolagan. U Sam Cookening „Only Sixteen“ qoʻshigʻining daniya tilidagi talqini bilan mashhurlikka erishgan.

1963-yilda Tidmand Daniyaning „Eurovision“ vakilini aniqlovchi „Dansk Melodi Grand Prix“ tanlovida qatnashib, Grethe va Jørgen Ingmanndan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Ushbu duet keyinchalik Daniya uchun oʻsha yilgi „Eurovision“ tanlovida gʻalaba qozonganESC National Finals 1963.

Keyingi yili Tidmand „Sangen om dig“ („Sen haqingdagi qoʻshiq“) qoʻshigʻi bilan Dansk Melodi Grand Prix tanlovida gʻolib chiqib, 1964-yil 21-mart kuni oʻzining tugʻilgan shahri Kopengagenda oʻtkazilgan „Eurovision“ tanlovida Daniya sharafini himoya qilgan. „Sangen om dig“ yakunda 16 ishtirokchi orasida 9-oʻrinni egallaganESC National Finals 1964„Sangen om dig“ at diggiloo.net.

Shundan soʻng Tidmand Daniyada bir qator mashhur xit qoʻshiqlarni ijro etgan hamda 1970–1980-yillarda teleboshlovchi sifatida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. U 2020-yilda nafaqaga chiqquniga qadar sahnada faol boʻlib, konsertlar berish va gastrol safarlarini davom ettirganNu er et godt tidspunkt at dreje af landevejen .

Tidmand 2026-yil 26-mayda 86 yoshida vafot etganDansktopsangeren Bjørn Tidmand er død .

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Pop-qoʻshiqchilar