Rehab Ahmed (1991-yil 2-martda tugʻilgan) — misrlik paralimpiya pauerliftingchisi. Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida uch karra medal sohibasi, jumladan, bir karra oltin medal sohibasi boʻlgan. Shuningdek, u Para pauerlifting boʻyicha jahon chempionatida uch karra oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
Ahmed 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Misr sharafini himoya qilib, ayollar oʻrtasidagi 50 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi 50 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Musobaqada u dastlabki urinishida 117 kg natija qayd etib, yangi Paralimpiada rekordini oʻrnatgan, ikkinchi urinishida esa bu natijani 120 kg gacha yaxshilagan.
Ahmed 2017-yilda Meksikaning Mexiko shahrida, 2019-yilda Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida va 2021-yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan Para pauerlifting boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi 50 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar Rehab Ahmed — Paralympic.org
Turkum:Paralimpiyachi ayollar Turkum:Misr pauerliftingchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari