Hir Ranjha maqbarasi — Pokistonning Panjob viloyati Jhang shahrida joylashgan XV asrga oid tarixiy yodgorlik. Anʼanaviy panjob xalq ogʻzaki ijodining „Hir Ranjha“ fojiasi qahramonlari Hir Syal va Dhido Ranjhaning maqbarasi deb taxmin qilinadi.

„Hir va Ranjha“ dostoni Hindiston yarimorolida mashhur boʻlgan bir nechta romantik xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan biridir. Ushbu fojiali voqea turli sheʼriy talqinlarda bayon etilgan boʻlib, ularning eng mashhuri Voris Shoh tomonidan 1766-yilda yozilgan „Hir“ dostonidirhttp://apnaorg.com/research-papers/english/paper-9/page-1.shtml, Heer Ranjha, research paper on epic poem written by Waris Shah in 1766 on Academy of the Punjab in North America website, Retrieved 1 March 2016. Hirning vatani Jhang boʻlgani uchun rivoyatga koʻra Hir va Ranjha shu yerga dafn etilgan. Har yili Muharram oyida maqbara yonida Urs marosimi oʻtkaziladi.

Tarixi Hir va Ranjhaning qaysi davrda yashagani aniq maʼlum emas. Biroq ular XV asrda hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyatida yashagan deb taxmin qilinadi. Maqbaradagi lavhada ularning vafot etgan yili hijriy 876-yil deb koʻrsatilgan boʻlib, bu milodiy 1471-yilga toʻgʻri keladi. Maqbara qachon bunyod etilgani ham aniq emas, ammo Hir va Ranjhaning vafotidan keyin qurilgan deb hisoblanadi.

Meʼmorchiligi

Maqbara islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan boʻlib, gumbaz va toʻrt burchakda joylashgan kichik minoralarga ega. Gumbaz ravoq boshlanadigan nuqtadan bir futdan sal koʻproq balandlikka koʻtarilgan, uning tepasida esa kichik gumbazcha mavjud. Hir va Ranjha maqbara ichidagi bitta qabrga dafn etilgan. Qabr koshinlar bilan bezatilgan va ustiga marmar qabr toshi o'rnatilgan.

Joylashuvi Maqbara Pokistonning Panjob viloyati Jhang shahri Faysalobod yoʻli va temiryoʻl liniyasi yaqinida joylashgan. Shuningdek, yodgorlik Mai Hir maydoni, Navoz Sharif stadioni va yangi sport majmuasiga ham yaqin.

Yana qarang Layli va Majnun

Manbalar

Havolalar

Turkum:Pokistonda islom meʼmorchiligi Turkum:Pokistondagi maqbaralar Turkum:Islomiy maqbaralar