Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir.Carl Woese keltirgan gipotezaga binoan, birinchi hujayralar shakllanishi paytida asosiy rolni genlarning gorizontal koʻchishi oʻynagan. Bu holda soʻnggi universal umumiy ajdod yakka hujayra emas, balki oʻzaro erkin genetik material almashuvchi hujayralar guruhi boʻlishi mumkin.(The universal ancestor , Carl Woese) Bu isbotlar yordamida evolutsiya nazariyasi ilmiy hamjamiyatda tan olindi, evolutsiya sintetik nazariyasi esa turlanish jarayonlari haqidagi ilgʻor qarashlar tizimiga aylandi. Isbot deganda faqatgina matematikada ilojli boʻlgan matematik qatʼiy isbot emas, balki evolutsiya asoslarini ilmiy metodga mos ravishda toʻgʻri ekanligini koʻrsatuvchi dalillar nazarda tutiladi.

Evolutsiyaviy jarayonlar ham tabiiy, ham laboratoriya sharoitlarida kuzatiladi. Yangi turlar paydo boʻlgani maʼlum. Shuningdek mutatsiya tufayli yangi xususiyatlar rivojlangani ham kuzatilgan. Turlar ichida evolutsiya boʻlishi tajribaviy isbotlangan, turlanish jarayonlari esa tabiatda bevosita kuzatilgan.

Hayotning evolutsiyaviy tarixi haqida maʼlumot olish uchun paleontologlar organizmlarning qazilma qoldiqlarini tahlil qilishadi. Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi, genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez) oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi. Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.

thumb|250px|right|„Turlarning kelib chiqishi“ kitobi chop etilganidan koʻp oʻtmay topilgan qazilma arxeopteriks. Arxeopteriks chanogʻi tuzilishi (tishlar borligi), 20 boʻlimdan iborat umurtqa dumgʻazasi, old muchalaridagi rivojlangan falangali barmoqlari, qovurgʻalari borligi, tumshugʻi yoʻqligi va qator boshqa belgilari reptiliyalarga oid. Biroq umumiy tana shakli, qoʻshilib ketgan koʻprik suyaklari, patlari, jumladan murakkab qanot patlari, qushlar uchun xarakterli. Shu sabablarga koʻra arxeopteriks morfologiyasi boʻyicha sudralib yuruvchilar va qushlar orasidagi oraliq tur boʻlib, oʻtish formasidir.Ikki guruh orasidagi oʻtish turlari doim ham bir guruh ajdodi va boshqa guruh avlodi boʻlavermaydi. Qazilma qoldiqlarga asoslanib bir organizm boshqasining ajdodi yoki emasligini aniqlash qiyin. Bundan tashqari, paleontologik qoldiqlarda qandaydir organizmning toʻgʻridan-toʻgʻri ajdodini topish ehtimoli juda kichik boʻlib, biologlar orasida bunday ehtimol eʼtiborga olinmaydi. Bunday ajdodning tuzilishiga koʻra oʻxshash yaqin qarindoshlarini topish ehtimoli kattaroq. Shuning uchun har qanday oʻtish formasi evolutsiya yon tarmogʻi, deb qaraladi.() Kuzatiladigan evolutsiya Bugungi populatsiyalarda kuzatiladigan oʻzgarishlar nafaqat evolutsiya mavjudligini, balki barcha turlarning umumiy ajdoddan kelib chiqishi uchun zarur boʻlgan qator mexanizmlar borligini ham isbotlaydi. Genomlar sirasiga intronlar koʻchishi, genlar duplikatsiyasi, rekombinatsiya, transpozitsiya, retrovirus kiritmalar (genlarning gorizontal koʻchishi), ayrim nukleotidlar almashinishi, yoʻqolishi va qoʻshilishi, shuningdek xromosoma qayta qurilishlari kiruvchi turli mutatsiyalarga duchor boʻlishi kuzatilgan. Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingover, xromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum. Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlarNatural Selection in the Wild The genetics of pigmentation: from fancy genes to complex traits, Trends in Genetics] Houde, A. E. (1988) «Genetic differences in female choice between two guppy populations.» Animal Behavior 36: 510—516. Morton, E. S. (1990) «Habitat segregation by sex in the hooded warbler: Experiments on proximate causation and discussion of its evolution.» American Naturalist 135: 319—333. Johnston, R. F., and Selander, R. K. (1973) «Evolution in the house sparrow. III. Variation in size and sexual dimorphism in Europe and North and South America.» American Naturalist 107: 373—390. va funksional oʻzgarishlar — turli adaptatsiyalar,Luria, S., and Delbruck, M. (1943) «Mutations of bacteria from virus sensitivity to virus resistance.» Genetics 28: 491—511. Lederberg, J., and Lederberg, E. M. (1952) «Replica plating and indirect selection of bacterial mutants.» Journal of Bacteriology 63: 399—406. Evolutionary adaptation to temperature. I. Fitness responses of Escherichia coli to changes in its thermal environment Cyclodiene insecticide resistance: from molecular to population genetics Coadaptation and immunodeficiency virus: lessons from the Felidae The evolution of disease resistance genes|издание=Plant Molecular Biology Andren, C., M. Marden, et al. (1989) «Tolerance to low pH in a population of moor frogs, Rana arvalis from an acid and a neutral environment: a possible test case of rapid evolutionary response to acidification.» Oikos 56: 215—223. Bishop, J. A. (1981) «A neo-Darwinian approach to resistance: Examples from mammals.» In Genetic Consequences of Man Made Change. J. A. Bishop and L. M. Cook. London, Academic Press. , yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol)Evolutionary adaptation of plasmid-encoded enzymes for degrading nylon oligomers Molecular analysis of pentachlorophenol degradation Isolation of a novel pentachlorophenol-degrading bacterium, Pseudomonas sp. Bu34 A new nylon oligomer degradation gene (nylC) on plasmid pOAD2 from a Flavobacterium sp va hokazo hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi.

Manbalar

Adabiyot Charles Darwin, Turlarning kelib chiqishi Происхождение человека и половой отбор Эволюционный процесс The Theory of Evolution Douglas J. Futuyma, Evolutionary Biology, Sunderland, Massachusetts. Эволюция жизни Jerry Coyne, Why Evolution is True, Richard Dawkins, The Greatest Show On Earth

Havolalar Zoologiya 7 - 60-§.Hayvonot dunyosi evolutsiyasining dalillari