Abdulla Gʻulomovich Abdunabiyev (1928.25.1 — 2008.9.8) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).
Tarjimayi holi Abdulla Abdunabiyev 1928-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. U 1950-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning tarix fakultetini tamomlagan. Olim 1953-yildan boshlab O‘zbekiston Madaniyat vazirligining o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlay boshlagan.
Abdulla Abdunabiyev 1959-yilda Guliston tumani ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shu yilning iyun oyida Mirzacho‘l shahar ijroiya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. 1961-yil Yangiyo‘l tumani ijroiya qo‘mitasi raisligiga, 1963-yil sentyabrda Sirdaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. 1966-yil may oyida yangi tashkil etilgan Sirdaryo pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. 1961-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)da katta ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
1970-yil sentabr oyidan boshlab Toshkent Oliy partiya maktabi kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 1983-yil iyul oyidan boshlab Abdulla Abdunabiyev Toshkent elektr aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 1992-yildan to umrining so‘nggi kunlarigacha shu kafedrada professor lavozimida mehnat qilgan. 2008-yil 9-avgustda vafot etgan.
Ilmiy faoliyati Ilmiy ishlari Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda koʻppartiyaviylikning oʻrni masalalariga bagʻishlangan. 1965-yilda „Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish borasida partiya faoliyati (1956—1964-yillar)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1971-yilda esa „Rivojlangan sotsializm davrida O‘zbekiston irrigatsiyasini rivojlantirishda partiya faoliyati“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Bir qancha xalqaro, respublika ilmiy-nazariy konferensiyalarida ishtirok etgan. Abdulla Abdunabiyevning shogirlaridan 18 nafari fan nomzodi darajasiga erishgan.
Olim ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, 35 ta kitob va risolalar, 16 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan.
Asarlari Уложение Амира Темура и современность (к 660-летию Амира Темура). Ташкент Республиканский общественный центр. Вечное стремление к миру и согласию (из далёкой истории Средней Азии). — Т., 1996. Вклад в мировую цивилизацию. — Т.: Узбекистан, 1998. Истоки духовности и добрых традиций (в помощь познающим сущность идеи национальной независимости). — Т., 2001. Об особенностях менталитета народов Узбекистана (исторический аспект). — Т., 2006.
Mukofotlari Abdulla Abdunabiyev 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining „Shuhrat“ medali sohibi bo‘lgan. Davlat arbobi sifatidagi xizmatlarini ilmiy faoliyat bilan birga olib borib, „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi“ unvoniga sazovor bo‘lgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arboblari Turkum:Sovet professorlari Turkum:Tarix fanlari doktorlari