Maria Olărașu (2000-yil 28-mayda tugʻilgan) — moldovalik baydarkachi (sprint kanoechi). U 2020 va 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yakka holda hamda Daniela Cociu bilan birga juftlik bahslarida ishtirok etgan.

Faoliyati Maria Olărașu va Daniela Cociu 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga Vengriyaning Szeged shahrida boʻlib oʻtgan kanoeda eshkak eshish boʻyicha saralash regattasida ayollar oʻrtasidagi C–2 500 metr masofada gʻolib chiqib, yoʻllanma qoʻlga kiritganlar. 2021-yil avgust oyida boʻlib oʻtgan olimpiada oʻyinlarida ular ayollar oʻrtasidagi C–2 500 metr bahslarida yettinchi oʻrinni egallaganlar. Ayollar oʻrtasidagi C–1 200 metr musobaqasida esa Olărașu chorak finalda yettinchi oʻrinni egallab, yarim final bosqichiga chiqa olmagan.

2023-yilda Polshaning Krakov va Małopolska shaharlarida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida Olărașu ayollar oʻrtasidagi C–1 500 metr masofada toʻrtinchi oʻrinni egallagan. U Mihai Chihaia bilan aralash juftlikda C–2 200 metr bahslarida beshinchi, Daniela Cociu bilan esa ayollar oʻrtasidagi C–2 500 metr masofada toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Olărașu va Cociu Germaniyaning Duysburg shahrida oʻtkazilgan 2023-yilgi Jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi C–2 500 metr musobaqasida yettinchi oʻrinni egallab, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olganlar.

Natijalar

Olimpiada YilC-1 200C-2 500 2020 7 QF 7 2024 7 QF 7

Jahon chempionati YilC-1 200C-1 500C-1 1000С-1 5000C-2 200C-2 500C-4 500XC-2 500XC-4 50020177 H8 H 201889 FB 201984 FB 202149 20227DNF67 2023478 2024946

Manbalar

Havolalar Maria Olărașu at the Paris 2024 Summer Olympics Maria Olărașu | Paris 2024 at Team Moldova Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar