Daniela Cociu (2000-yil 4-mayda tugʻilgan) – moldovalik baydarkachi (sprint kanoechi). U Maria Olărașu bilan birga 2020 va 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Daniela Cociu 2024-yilgi kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan.

Faoliyati Cociu xalqaro musobaqalardagi debyutini 2018-yilda Italiyadagi Auronzo di Cadore shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻsmirlar va 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi kanoeda eshkak eshish chempionatida amalga oshirgan. U yerda C–2 500 metr masofada kumush medal, C–2 200 metr masofada esa bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2019-yilda u yana Yevropa oʻsmirlar va 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi chempionatida qatnashib, C–2 500 metr masofada ikkinchi oʻrinni egallagan.

2021-yilda Vengriyaning Szeged shahrida boʻlib oʻtgan kanoeda eshkak eshish boʻyicha saralash regattasida Cociu va Olarashu C–2 500 metr masofada gʻalaba qozonib, 2020-yilgi Tokio olimpiadasiga yoʻllanma olgan. 2021-yil avgust oyida u navbatdagi musobaqada C–2 500 metr bahslarida ishtirok etib, yettinchi oʻrinni egallagan. Cociu va Olarashu kanoeda eshkak eshish boʻyicha olimpiya oʻyinlarida Moldova sharafini himoya qilgan ilk ayol sportchilar boʻlishgan.

2022-yil iyun oyida u Serbiyaning Belgrad shahrida oʻtkazilgan Yevropa oʻsmirlar va 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi kanoeda eshkak eshish chempionatida C–2 200 metr masofada oltin, C–2 500 metrda esa kumush medalga sazovor boʻlgan.

2023-yil iyun oyida u Polshaning Krakov shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida C–2 500 metr masofada toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2023-yil iyul oyida Italiyadagi Auronso shahrida oʻtkazilgan Yevropa oʻsmirlar va 23 yoshgacha boʻlganlar chempionatida ishtirok etib, C–2 500 metr masofada oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng Germaniyaning Duysburg shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Jahon chempionatida qatnashib, C–2 500 metr musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan va 2024-yilgi olimpiadaga yoʻllanma olgan.

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u C–2 500 metr masofada ishtirok etib, yettinchi oʻrinni egallagan. 2024-yil avgust oyida esa Oʻzbekistonning Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon chempionatida C–2 200 metr masofada 44.104 soniya natija bilan kumush medalga ega chiqqan.

Manbalar

Havolalar Daniela Cociu | Paris 2024 at Team Moldova

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar